404 Not Found

Not Found

The requested URL /tags/4.0.1/TopBanner.html was not found on this server.


Apache Server at core.svn.wordpress.org Port 80

Tajriba-tadqiqot maydonlarida ilg‘or pedagogik texnologiyalarning tadqiqotini tashkil etish

restm Maqolalar, Texnologiya Add comments

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiymuhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksining 2010 yil 17 martdagi qo‘shma yig‘ilishi bayonida belgilangan vazifalar asosida ishlab chiqilgan vazirlikning “Xalq ta’limi tizimi faoliyatini mazmunan takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar” i ning ijrosini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’limda uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standartlari sharhlari va o‘quv dasturlarini amaliyotga sifatli joriy etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni tizimga keltirish, rivojlantirish, ommalashtirish va eng maqbullarini tanlab olish hamda ta’limda yuqori samaradorlikni  ta’minlashga xizmat qilish   maqsadida Xalq ta’limi vazirligining buyrug‘i qabul qilindi.
Vazirlikning 2010 yil 20 dekabrdagi “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar bo‘yicha tajriba-tadqiqot maydonlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi 289-sonli buyrug‘iga asosan 2010-2011 o‘quv yilidan boshlab Respublikamizda 28 ta tajriba-tadqiqot maydonlari belgilanib, tajriba-tadqiqot ishlarining moslashtiruv bosqichi boshlandi. Mazkur tajriba-tadqiqot maydonlarida tadqiqot ishlarining 2011-2012 o‘quv yilida faollashtirish , 2012-2013 o‘quv yilida esa yakunlovchi bosqichlari olib boriladi.
Tabiiy savol tug‘iladi? Ushbu tajriba-tadqiqot maydonlari faoliyati   mexanizmi qanday yo‘lga qo‘yiladi va kutilayotgan natijalar nimalardan iborat?
Tajriba-tadqiqot ishlari, avvalgi tajriba-sinov jarayonlardan farqli ravishda, bir umumiy o‘rta ta’lim maktabida barcha fan yo‘nalishlari bo‘yicha, ya’ni tabiiy(geografiya, kimyo, biologiya, fizika), aniq (matematika, informatika), ijtimoiy(tarix huquq, iqtisodiy bilim asoslari, milliy istiqlol g‘oyasi turkumiga kiruvchi fanlar), gumanitar(ona tili, adabiyot, o‘zbek tili, xorijiy tillar) fanlar bo‘yicha tashkil etiladi. Shu bois tajriba-tadqiqot maydonlari etib tanlangan maktablarning pedagogik jamoasi  salohiyati, rahbarlarning tashkilotchilik qobiliyati, o‘sha maktablarda ko‘p yillik yaxshi an’analarning mavjudligi va ta’lim muassasasining  moddiy-texnik bazasi kabi omillariga e’tibor qaratildi.
Yana bir jihati shundaki,  mazkur ta’lim muassasalari tajriba–sinov maydonlari emas, tajriba-tadqiqot maydonlari, deb atalmoqda.

 

Barchamizga ma’lumki, tadqiqot- juda keng ma’noni o‘z ichiga oladi. Tajriba-tadqiqot maydonida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir fanning tadqiqotchi- o‘qituvchisi  tomonidan  optimallashtirilgan o‘quv dasturidagi mavzular sinchiklab ko‘zdan kechiriladi va ular orasidan nisbatan murakkabroq bo‘lgan mavzular ajratib olinadi. Respublika ta’lim markazi tomonidan ham ana shunday mavzular bo‘yicha ishlangan dars ishlanmalari amaliyotda qo‘llab ko‘rishlari uchun taqdim etiladi. Tadqiqotchi-o‘qituvchi RTM tomonidan berilgan murakab mavzular va o‘zi tanlab olgan mavzularni solishtirib chiqadi. Shundan so‘ng fani bo‘yicha umumiy taqvim-mavzu rejasidan ana shu murakkab mavzular qaysi kuni, nechanchi soatda  o‘tilishini aniqlab, ta’lim muassasasi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga taqdim etadi. U esa o‘z navbatida barcha fan o‘qituvchilaridan ana shunday ro‘yxatlarni olgach, alohida jadval tuzadi. Jadval direktor tomonidan tasdiqlanib, ko‘rinarli joyga osib qo‘yiladi. Tadqiqotchi-o‘qituvchi metodbirlashma bilan kelishilgan holda  darsga  kimlarni taklif etishni belgilaydi. Yodda tutish lozimki, tadqiqot sifatida o‘tilayotgan darslarda kuzatuvchi bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Dars jarayonida tadqiqotchi- o‘qituvchi, metodbirlashma a’zosi, maktab rahbariyati vakili, tuman metodika kabineti metodisti, viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda  viloyat metodika markazi mutaxassislari ishtirok etishi lozim.

 

Tadqiqotchi –o‘qituvchi, avvalo, har bir darsning aniq texnologik xaritasini tuzadi. Shu o‘rinda  darsga tayyorgarlik ko‘rishga ketgan vaqt, sarf etilgan qo‘shimcha moddiy resurslarni qayd etib qo‘yadi. Negaki, taklif etilayotgan innovatsion pedagogik texnologiyaning  aniq samarasini bilish uchun sarflangan vaqt va moddiy resurslar qiymatini taqqoslash va shundan kelib chiqqan holda erishilgan natija sarflangan “buromad”, ga arziydimi yoki yo‘qmi, degan savolga javob topish lozim.Chunki, qaysidir bir yangi pedagogik texnologiya o‘qituvchidan juda ko‘p vaqt hamda ortiqcha qo‘shimcha resurslar talab etsayu, o‘zlashtirish samaradorligi shunga yarasha bo‘lmasa, tabiiyki, bunday texnologiyadan voz kechiladi.
Demak, tadqiqotchi-o‘qituchi ana shunday tadqiqotchilik salohiyatiga ega bo‘lishi lozim.  Dars tugagach, shu zahoti o‘tilgan dars qanday o‘zlashtirilganini aniqlash uchun o‘quvchilardan qisqa muddatli (8-12 daqiqa) nazorat ishi olinadi. Nazorat natijasiga ko‘ra 5 ballik tizimda o‘rtacha baho chiqariladi. Shundan so‘ng dars tahlili mezoniga ko‘ra tahlil o‘tkaziladi va bu haqda bayonnoma tuziladi. Bu bilan qo‘llanilgan pedagogik texnologiya samaradorligiga baho beriladi. Muvofiqlashtiruvchi guruh taqdim etilgan bayonnomalar asosida xulosa chiqaradi

 

Tajriba-tadqiqot  maydonida faoliyat ko‘rsatayotgan tadqiqotchi –o‘qituvchilar jarayonda quyidagilarni bilishi va amal qilishi lozim, jumladan:
-pedagogik tamoyillarga to‘laqonli amal qilish barobarida o‘z ustida doimiy izlanishlar olib borishi, ya’ni ilmiy, metodik kitoblarni o‘qishi, bugungi kunda dunyo davlatlari, mamlakatimizdagi mavjud ilg‘or  ish tajribalarni o‘rganishi, metodlar, usullar va vositalardan dars jarayonida foydalanib, tahlil qilib borishi va o‘tilgan darsning samaradorligini aniqlashi;
-ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘quv fani hamda dars maqsadiga muvofiq tanlay olishi va amaliyotga tatbiq etishi;
-interfaol dars shaklining an’anaviy darsdan ustunligini anglashi va har ikkala dars shakllaridan o‘rinli foydalanish malakasiga ega bo‘lishi;
-o‘quvchi shaxsiy sifatlaridagi o‘ziga xoslik munosabatlarini yakdillik bilan anglay olishi va individual mahorat orqali yondashish malakasiga ega bo‘lishi;
-dars maqsadlariga erishish yo‘llarini bilishi, dars bosqichlari tarkibiy tuzilishiga to‘liq tayanishi lozim.
Albatta, tajriba-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etishda metodik xizmatni amalga oshiruvchi Respublika ta’lim markazi, T.N.Qori Niyoziy nomidagi  O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini  qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti, viloyat metodika markazi, tuman metodika kabineti, maktab rahbariyati, fan metodbirlashmalari hamkorlikda reja asosida izchil metodik xizmat ko‘rsatishlari talab etiladi. Buning uchun birinchi navbatda tajriba-tadqiqot maydonlaridagi tadqiqotchi-o‘qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirishga oid ishlarni  bosqichma-bosqich  amalga  oshirish zarur. Ya’ni: o‘quv xonalarining jihozlanishi, texnik va metodik ta’minoti to‘g‘risidagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatish; o‘qituvchining belgilangan dastur-reja asosida topshiriqlarni o‘z muddatida, shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasdan, natijaviyligini ta’minlangan holda bajarishi uchun metodist va ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari muntazam amaliy yordamini rejalashtirishi lozim. Jumladan, o‘qituvchi darslarini va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini tahlil qilish va o‘qituvchi faoliyatidagi mavjud bo‘shliqlarni aniqlab, zaruriy ehtiyojlar ro‘yxatini tayyorlash va bu borada metodik yordam ko‘rsatish; o‘qituvchining mustaqil o‘z ustida ishlash rejasini tuzishda amaliy yordam berish muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Ta’kidlash joizki, metodik xizmat ko‘rsatish jarayonida asosiy buyurtmachi ekspert o‘qituvchi hisoblanadi. Ularga amaliy-metodik yordam ko‘rsatish, o‘quv-tarbiya jarayoniga muammosiz to‘laqonli tayyor holda kirishlari uchun qaysi yo‘nalishda bilim, yangiliklar va qo‘shimcha materiallar zaruriyati haqida tajriba-tadqiqot maydonlarining mas’ul metodistlariga, ular o‘z navbatida esa Respublika ta’lim markaziga murojaat etishi va hamkorlikni kuchaytirishi lozim. Shunda tajriba-tadqiqot maydonlaridagi ishlar samaradorligini ta’minlash uchun kerakli bo‘lgan maqsadli metodik xizmat ko‘rsatish imkoniyati vujudga keladi.

 

Tajriba-tadqiqot jarayoni bir qancha mas’ul xodimlar, o‘qituvchi, metodist va ilmiy rahbarlar hamkorligida amalga oshiriladigan katta miqyosdagi faoliyat bo‘lib, mazkur jarayon izchil va mukammal tahlilni talab etadi. Buning uchun tajriba-tadqiqot jarayonining har bir pog‘onasida xodimlar o‘z faoliyatlari yuzasidan muntazam kuzatuv yuritib borishlari lozim bo‘ladi. Shularni hisobga olgan holda Respublika ta’lim markazi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan “Umumiy o‘rta ta’lim  maktablarida tajriba-tadqiqot maydoni faoliyatini tashkil etish” to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma, “Pedagogik texnologiyalar tajriba-tadqiqoti” nomli tavsiyalar, shuningdek, “Ijtimoiy fanlarni o‘qitishda  interfaol o‘qitish metodlari”, “Aniq fanlarni o‘qitishda interfaol o‘qitish metodlari”, “Tabiiy fanlarni o‘qitishda interfaol metodlari”, “Gumanitar fanlarni o‘qitishda interfaol metodlari” nomli qo‘llanmalarda esa tajriba-tadqiqot maydonlarida joriy etilishi lozim bo‘lgan pedagogik texnologiyalar turlari va ularni o‘quv jarayonida qo‘llash metodikasi o‘z ifodasini topgan. Barcha fanlardan chorakma-chorak tayyorlangan tavsiyalar va pedagogik texnologiyalar asosidagi namunaviy dars ishlanmalari  Respublika miqyosida faoliyat ko‘rsatayotgan tajriba-tadqiqot maydonlariga taqdim taqdim etilgan.

                                                                           I.Zokirov,p.f.n.
N.Turdiev , f.m.f.n.
Q.Sultonova, f.f.n.
G.Usmanova, katta o‘qituvchi

Leave a Reply

WP Theme & Icons by N.Design Studio
Entries RSS Comments RSS Log in