404 Not Found

Not Found

The requested URL /tags/4.0.1/TopBanner.html was not found on this server.


Apache Server at core.svn.wordpress.org Port 80

Informatika va hisoblash texnikasining jamiyatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati

Bahodir Boltayev Metodika, Tavfsiyalar Add comments

Darsning maqsadi:
    axborot tarmoqlari va axborotli jarayonlarni boshqarish haqida tushuncha berish;
    buyuk yurtdoshlarimizning qarashlari va shu sohadagi ishlari haqida ma’lumot berish;
    jamiyatimizda axborotlashtirishga oid qabul qilingan qonunlar mohiyatini va ahamiyatini tushuntirish, elektron hujjat va elektron imzo haqida ma’lumot berish.
Asosiy tushunchalar:
Аxborotli muhit, axborotlashtirish, elektron pochta, elektron xujjat, elektron imzo.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavjud elektron darslik va elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.
Mavzuni yoritish:
Siz avvalgi mavzuda axborot haqida, axborot texnologiyalari, axborot texnologiyasining asoslari haqidagi dastlabki tushunchalar bilan tanishdingiz. Endi axborot tarmoqlari va ularni ishlash jaroyoni, jamiyat taraqqiyotida axborotlashtirishning ahamiyati, jamiyatning axborotlashuvi, axborotli muhit, axborot tizimlari va texnologiyalari haqida boshlang’ich ma’lumotlar beriladi.
Jamiyatni axborotlashtirish atamasi – D.Benk va Y.Masudolar tomonidan ilk bor qo‘llanilgan bo‘lib, bugungi kunda ziddiyatlardan holi bo‘lgan, elektronika, kompyuter, informatika bilan uyg‘unlashib ketgan jamiyat ma’nosini anglatadi. Kengroq ma’noda esa, axborotlashgan jamiyatda – jamiyatning axborotlashuvi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qonunlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu inson faoliyatining barcha sohalariga intellektual mehnat quroli sifatida kompyuterlashtirilgan tizimlar va boshqa axborot texnologiyalarining kirib kelishini anglatadi.
Jamiyatning axborotlashuvi deganda, zamonaviy axborot texnologiyasi va telekommunikatsiyasi asosida davlat hokimiyati, turli vazirlik va idoralar, ishlab-chiqarish korxonalari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining, hamda fuqarolarinig axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini yetarli  va to‘la qondira oladigan optimal sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jaroyon tushuniladi.
Shunday qilib, “jamiyatni axborotlashtirish”ni  “jamiyatning kompyuterlashtirilishi” ga nisbatan kengroq ma’noda tushuniladi.
Informatikada “tizim” tushunchasi asosan texnik vositalar va dasturlar to‘plamiga nisbatan ishlatiladi.
Tizim deganda, yagona maqsad yo‘lida o‘zaro bog‘langan tarzda faoliyat ko‘rsatuvchi bir necha turdagi elementlar majmuasi tushuniladi. Masalan, kompyuterning texnik qismini “tisim” deb tasavvur qilish mumkin.
Axborotli tizim – belgilangan maqsadga erishish uchun axborotni uzatish, qayta ishlash va saqlash uchun qo‘llaniladigan usullar, shaxslar va vositalarning o‘zaro bog‘langan majmuasidir.
O‘zbekiston Respublikasida ham jamiyatimizni axborotlashtirish maqsadida bir qancha qaror va qonunlar qabul qilingan. Masalan, 1993 yil 7 may va 2003 yil 11 dekabrdagi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonun, 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirish va informatsion – kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llashni yanada rivojlantirish” haqidagi qaror, 2004 yil 29 apreldagi “Elektron hujjat yuritish” haqidagi qonun shular jumlasidandir.
11 dekabr 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasida “Elektron raqamli imzo haqida”gi qonun qabul qilindi. Qonun quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
elektron raqamli imzo – elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
elektron raqamli imzoning yopiq kaliti – elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
elektron raqamli imzoning ochiq kaliti – elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash – elektron raqamli imzoning elektron hujjatda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligi tekshirilgandagi ijobiy natija;
elektron hujjat – elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega bo‘lgan axborot.

Savol va topshiriqlar.
1.Axborotning jamiyatni rivojlantirishdagi va taraqqiyotidagi ahamiyati haqida so‘zlab bering.

2.Axborotlashtirishga qaratilgan respublikamizdagi qanday qonun va qarorlarni bilasiz?

3.Axborotning qimmatbaho tovarga aylanib borayotganini tushuntirib bering.

4.O‘zaro bog‘langan kompyuterlar tarmog‘i yordamida matbuot xabarlari, tovushli axborotni foydalanuvchiga yetkazish uchun xizmat qiladigan vosita nima deb ataladi?

5.Kelajakda axborotli muxitni inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati nimalarga bog‘liqligini so‘zlab bering.

6.Axborotli muxitning sifat va miqdor jihatidan o‘zgarib, yangi hususiyatga ega bo’lgan axborotli muxitning kelib chiqishiga nima sabab?

7.Qog‘ozsiz texnologiyaning axamiyati nimada?

8.Jamiyatning axborotlashuvi haqida so‘zlab bering.

9.Tizim deganda nimani tushunasiz?

10.Axborot tizimi nima?

11.Respublikamizda “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi birinchi qonun qachon qabul qilingan?

12.Respublikamizda “Elektron hujjat yuritish” haqidagi qonun qachon qabul qilingan?

13.Respublikamizda “Elektron raqamli imzo haqida”gi qonun qachon qabul qilindi?

14.Elektron raqamli imzo deganda nima tushuniladi?

15.Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti deganda nima tushuniladi?

16.Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti deganda nima tushuniladi?

17.Elektron hujjat deganda nima tushuniladi?

Leave a Reply

WP Theme & Icons by N.Design Studio
Entries RSS Comments RSS Log in