Axborot miqdori va uzatish tezligi

Bahodir Boltayev Metodika, Tavfsiyalar No Comments »

Darsning maqsadi:
O‘quvchilarga axborot miqdori va uzatish tezligining o‘lchov birliklari haqida ma’lumot berish.
Asosiy tushunchalar:
Аxborot miqdori,  uzatish tezligi, ularning o‘lchov birliklari.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavjud elektron darslik va elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.

Read the rest of this page »

“Йилнинг энг яхши фан ўқитувчиси” кўрик-танлови

restm Elonlar, Tadbirlar, Yangiliklar No Comments »

oqituvchi.jpegХалқ таълими вазирлиги тизимида фаолият кўрсатаётган устоз ва мураббийлар орасида ташаббускор, доимий янгиликка интилувчи, илғор тажрибали ўқитувчиларни аниқлаш ва уларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш мақсадида ҳар йили анъанавий равишда  “Йилнинг энг яхши фан ўқитувчиси” кўрик-танлови ўтказиб келинади. Read the rest of this page »

Informatika va hisoblash texnikasining jamiyatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati

Bahodir Boltayev Metodika, Tavfsiyalar No Comments »

Darsning maqsadi:
    axborot tarmoqlari va axborotli jarayonlarni boshqarish haqida tushuncha berish;
    buyuk yurtdoshlarimizning qarashlari va shu sohadagi ishlari haqida ma’lumot berish;
    jamiyatimizda axborotlashtirishga oid qabul qilingan qonunlar mohiyatini va ahamiyatini tushuntirish, elektron hujjat va elektron imzo haqida ma’lumot berish. Read the rest of this page »

2010-2011 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-11 sinf o‘quvchilari uchun o`quv fanlaridan bosqichli imtihon materiallari va metodik tavsiyalar to‘plami

Bahodir Boltayev Elonlar, Metodika, Tavfsiyalar, Yangiliklar No Comments »

Uzedu.uz saytining o’quvchilarga bo’limida 4-11 sinf o`quvchilari uchun o`quv fanlaridan imtihon savollari to`plamini olishingiz mumkin.

Dars ishlanma “Xotira va Qadrlash kuni”

restm Tavfsiyalar No Comments »

Dars mavzusi: «Xotira va Qadrlash kuni» — o‘zaro mehr-oqibat namunasi

1.   Ta’limiy maqsad: o‘quvchi­larning «Xotira va Qadrlash kuni» haqidagi bilim darajasi, e’tiqodini aniqlash va mustahkamlash.

2. Tarbiyaviy maqsad: yoshlarda hozirgi tinch hayotimiz qadriga yetish, o‘zlikni anglash, o‘zaro mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirish.

3. Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarga «Xotira va Qadrlash kuni»ning mazmun-mohiyatini anglatish orqali bilim va malakasini oshirish.

Darsga tayyorgarlik: darsga ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mahalla oqsoqoli va ota-onalar taklif etiladi.

Dars Xotira maydonida suhbat va hikoya uslubida ekskursiya (sayohat) tarzida, o‘quvchilarning tayyorgarliklari asosida o‘tiladi. Read the rest of this page »

Ta’lim muassasalarida «9-may Xotira va Qadrlash kuni»ni qanday nishonlash kerak?

restm Bayramlar No Comments »

Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning 1999 yil 2 martdagi farmoniga ko‘ra, Vatanimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon fido etgan farzandlari xotirasini abadiylashtirish, yoshlarni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faxriylarga hurmat-ehtirom ma’nosida har yili «9-may — Xotira va Qadrlash kuni» sifatida nishonlanmoqda.

Xotirlash — xalq manfaati uchun astoydil xizmat qilgan, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan kishilarni eslashdir. «Marhumlarni yod etish», «Tiriklarni shod etish» — bu an’ananing asosiy ma’nosini belgilaydi.

«Xotira va Qadrlash kuni» tadbirini o‘tkazish davomida yoshlar ajdodlarimiz tarixi, matonati, bosib o‘tgan mardonavor yo‘llari, qahramonliklari haqida bilishlari lozim. Read the rest of this page »

Ta’limda zamonaviy texnologiyalar tadqiqoti

restm Maqolalar, Texnologiya No Comments »

  Ushbu maqolada tajriba-tadqiqot maydonlarining faoliyati, uning ishlash mexanizmlari va kutilayotgan natijalar nimalardan iboratligi xususida so‘z yuritiladi. Read the rest of this page »

Tajriba-tadqiqot maydonlarida ilg‘or pedagogik texnologiyalarning tadqiqotini tashkil etish

restm Maqolalar, Texnologiya No Comments »

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiymuhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksining 2010 yil 17 martdagi qo‘shma yig‘ilishi bayonida belgilangan vazifalar asosida ishlab chiqilgan vazirlikning “Xalq ta’limi tizimi faoliyatini mazmunan takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar” i ning ijrosini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’limda uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standartlari sharhlari va o‘quv dasturlarini amaliyotga sifatli joriy etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni tizimga keltirish, rivojlantirish, ommalashtirish va eng maqbullarini tanlab olish hamda ta’limda yuqori samaradorlikni  ta’minlashga xizmat qilish   maqsadida Xalq ta’limi vazirligining buyrug‘i qabul qilindi. Read the rest of this page »

O‘zbek tili ta’limi: unda yangi pedagogik texnologiyalar qanday ahamiyat kasb etadi

restm Tadbirlar, Texnologiya No Comments »

O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonuni ijrosini ta’minlash, uzluksiz ta’lim bo‘g‘inlarida ona tili (o‘zbek tili) ni o‘qitishning dolzarb masalalarini tahlil qilish, o‘zaro tajriba almashish, tilshunos va metodist olimlar, darslik mualliflari bilan amaliyotchilarning ijodiy muloqotini tashkil etish, o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida ta’sis etilgan “O‘zbek tili ta’limini takomillashtirishning dolzarb masalalari” Doimiy ilmiy-metodik anjumanining o‘n birinchi yig‘ini 15 aprel kuni Toshkent viloyatining so‘lim go‘shalaridan biri, osmono‘par tog‘lar bag‘rida joylashgan yirik sanoat markazi bo‘lgan Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tdi. Read the rest of this page »

Ona tili ta’limida pedagogik texnologiya

restm Maqolalar, Yangiliklar No Comments »

Maktab ona tili ta’limi o‘quvchilarning o‘zbek adabiy tili me’yorlari darajasida og‘zaki va yozma nutq malakalarini shakllantirish, imlo va uslubiy jihatdan savodxon qilish, ijodiy va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi maqsadlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Binobarin, til muhim muloqot vositasi sifatida ulug‘ ne’mat, millatning noyob qadriyati hisoblanadi. Til inson mehnati faoliyati davomida ijtimoiy hodisa tarzida shakllanib, rivojlanib boradi va namoyon bo‘ladi, inson salohiyatining rivojlanib borishida asosiy omil vazifasini o‘taydi. Read the rest of this page »

WP Theme & Icons by N.Design Studio
Entries RSS Comments RSS Log in